15.05.2019, 19:10

Amerika kubogi-2019. Argentina terma jamoasining kengaytirilgan tarkibi e'lon qilindi


Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Amerika kubogi-2019 musobaqasi uchun kengaytirilgan tarkibni e'lon qildi. Ushbu ro'yxatdan 32 nafar futbolchi o'rin oldi.

JCh-2018da ishtirok etmagan "Manchester Siti" hujumchisi Serxio Aguero qit'a chempionatiga taklif etildi.

Darvozabonlar: Franko Armani («River Pleyt»), Esteban Andrada («Boka Xuniors»), Agustin Markesin («Amerika»), Xuan Musso («Udineze»), Xeronimo Ruli («Real Sosedad»);

Himoyachilar: Rentso Saraviya («Rasing Avelyaneda»), Gabriel Merkado («Sevilya»), Nikolas Otamendi («Manchester Siti»), Xerman Petstselya («Fiorentina»), Valter Kannemann («Gremio»), Nikolas Talyafiko («Ayaks»), Markos Akunya («Sporting»), Ramiro Funes Mori («Vilyarreal»), Xuan Foyt («Tottenxem»);

Yarim himoyachilar: Leandro Paredes, Anxel Di Mariya (oba – «PSJ»), Djovani Lo Chelso («Betis»), Eksekiel Palasios («River Pleyt»), Gido Rodriges («Amerika»), Roberto Pereyra («Uotford»), Rodrigo de Paul («Udineze»), Federiko Saracho («Rasing Avelyaneda»), Gonsalo Martines («Atlanta Yunayted»), Paulo Dibala («Yuventus»), Maksimiliano Mesa («Monterrey»), Ivan Markone («Boka Xuniors»);

Hujumchilar: Lionel Messi («Barselona»), Serxio Aguero («Manchester Siti»), Lautaro Martines, Mauro Ikardi (ikkisi  –«Inter»), Anxel Korrea («Atletiko»), Matias Suares («River Pleyt»).

Amerika kubogi 14 iyun kuni boshlanadi. Argentina termasining yakuniy ro'yxati kelasi haftada e'lon qilinadi.

Читайте также:

Argentina termasining "Kopa Amerika-2019" musobaqasi uchun kengaytirilgan tarkibi e'lon qilindi

La liga. 16-turning ramziy terma jamoasi e'lon qilindi

Angliya kubogining 1/32 final bosqichiga qur'a tashlandi

Ispaniya kubogi. «Real» 1/16 final bosqichida Afrika klubiga qarshi o'ynaydi

EChL, qur'a: Savatchalar tarkibi ma'lum