13.07.2019, 09:00

Agent: "Agar Messi Lautaro Martines bilan o'ynagisi kelsa - "Inter"ga o'tsin


"Inter" hujumchisi Lautaro Martinesning agenti Alberto Yake o'z mijoziga "Barselona" tomonidan bo'layotgan qiziqishga izoh berdi.

Martinesning Argentina termasidagi jamoadoshi Lionel Messi uni maqtagan edi.

"Dunyoning eng yaxshi futbolchisi tomonidan aytilgan maqtov - ajoyib va juda yoqimli. Lautaro juda xursand bo'ldi. Bu maqtov uning yanada yaxshiroq ishlashiga turtki bo'ldi."

Martinesga "Barselona"dan qiziqish bo'lgani rost. Ammo ispan klublaridan hech kim biz bilan rasman aloqaga chiqqani yo'q. Bu mish-mishlar. Takrorlayman: Lautaro "Milan"da qoladi. Keling bunga hazil bilan xotima yasaymiz: agar Messi Lautaro bilan o'ynashni istasa - "Inter"ga o'tsin. Keling, shunga umid qilamiz", - deydi agent.

Martines bir yil avval "Inter"ga 22 mln evro evaziga argentinaning "Rasing"idan o'tgan edi.

Читайте также:

Argentina Amerika Kubogi kengaytirilgan ro'yxatni e'lon qildi. Ikardi yuq

«Inter»ning birdaniga ikki nafar futbolchisi mashg'ulotlarga qaytdi

«Milan» – «Inter» tarkiblarni taxmin qilib ko'ramiz

«Inter» hujumchisi mashinada odam urib yubordi

«Inter» futbolchisi «Atletiko» darvozasiga fantastik gol urdi (video)