14.01.2020, 20:30

AFC U23. «A» guruhidan pley-offga chiqqan jamoalar aniq bo'ldi

23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatining guruh bosqichi 3-turiga start berildi. Bugun "A" guruhi vakillari so'nggi tur o'yinlarini o'tkazishdi va chorak finalga chiqqan ikki jamoaning nomi aniq bo'ldi.

Dastlabki ikki o'yinda 4 ochko jamg'argan Avstraliya bugun Bahrayn bilan to'qnash kelib, durang (1:1) natija qayd etdi. Natijada "sokkeruz" bu guruhdan 1-o'rin bilan pley-offga yo'l oldi.

Ikkinchi yo'llanma esa Tailand va Iroq olimpiya terma jamoalari o'rtasidagi o'yinda hal bo'ldi. Mezbonlar bahsning 6-daqiqasidayoq penalti ishlashdi va hisobni ochishdi. Iroqliklar ikkinchi bo'lim boshida muvozanatni tiklashdi. Qolgan daqiqalarda Iroq raqib darvozasi tomon bosim uyushtirdi, gol urishga yaqin keldi, ammo vaziyatlardan foydalana olmadi.

Shu tariqa, Iroq uchta o'yinda 3ta durang natija qayd etib, 3 ochko bilan guruhda 3-o'rinni egalladi. Tailand esa 4 ochko to'plagan holda 2-o'rinni band etdi.

AFC U23. "A" guruhi, 3-tur

Avstraliya - Bahrayn - 1:1
Gollar: Remi Najjarayn (34) — Mohanad Jassim Marhun (45+3)

Tailand - Iroq - 1:1
Gollar: Jaroensak Vonggorn (6-penalti) — Muhammad Qosim (49)

Jamoa O'   G'     D   Mag'-t T - N  Ochko
1 Avstraliya 3 1 2 0 4-3 5
2 Tailand 3 1 1 1 7-3 4
3 Iroq 3 0 3 0 4-4 3
4 Bahrayn 3 0 2 1 3-8 2

 



Manba: std.uz

Mavzu bo'yicha:

AFC U23. Avstraliya Tailand ustidan irodali g'alabaga erishdi

AFC U23. Tailand musobaqani yirik hisobdagi g'alaba bilan boshladi (videosharh)

AFC U23. Ochilish o'yinida durang qayd etildi (videosharh)

AFC U23. O'zbekiston qur'ada 1-savatchada bo'ladi

Osiyo kubogi-2019. Nimchorak final juftliklari aniq bo'ldi