17.05.2019, 18:50

Abdulla Tangriev sportga qaytdi va g'alaba qozondi


Uch kun davomida Termiz shahridagi “Alpomish” sport majmuasida dzyudo bo'yicha O'zbekiston kubogi bellashuvlari o'tkazildi.   Musobaqaning uchinchi kunida reglamentga ko'ra, erkaklar 100 va +100 kg. vaznda, ayollar esa 78 hamda +78 kg. vazn toifalarida g'oliblik uchun bahs olib borishdi.   E'tiborlisi, musobaqaning so'nggi kunida Abdulla Tangriev, Soyib Qurbonov, Muhriddin Bo'taev singari nomdor polvonlarning ishtiroki musobaqaning shiddatli, murosasiz va qiziqarli o'tishini ta'minladi.   O'zbekiston kubogining so'nggi kunidagi g'olib va sovrindor bilan tanishing:   photo5400124353800153823.jpg   Erkaklar, 100 kg.gacha vazn toifasida   1. Baxrom Rajabov (Qashqadaryo) 2. Nodirjon Merxalikov (Toshkent vil.) 3. Shoxruh Mamarasulov (Surxondaryo) 3. Aqlmurod Xudoyberdiev (Surxondaryo)   100 kg.dan yuqori vazn toifasida   1. Abdulla Tangriev (Surxondaryo) 2. Husniddin Husanov (Surxondaryo) 3. Muhriddin Bo'tava (Qashqadaryo) 3. Ixtiyor Xolmurodov (Toshkent vil.)   Ayollar, 78 kg. vazn toifasida   1.Mumtoz Boboeva (Toshkent) 2. Zumrad Xolmo'minova (Surxondaryo)   +78 kg. vazn toifasida   1. Rinata Ilmatova (Surxondaryo) 2. Jamila To'raboeva (Surxondaryo) 3. Bonu Sultonova (Xorazm)   O'zbekiston Kubogi bellashuvlari yakuniga etgach, g'olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi tashkil etildi. Shohsupadan joy olgan dzyudochilar diplom, kubok, medal va esdalik sovg'alari bilan mukofotlandi.

Читайте также:

Dzyudo: Osiyo ochiq kubogining so'nggi kuni polvonlarimizga ataldi

Yosh dzyudochilarimizdan fantastik yakun

Chirchiqda O'zbekiston chempionati yakunlandi

Og'ir atletika bo'yicha O'zbekiston chempionati o'zining qizg'in pallasiga kirdi

Dzyudo federatsiyasi Tangriev sportga qaytayotganini tasdiqlamadi