Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 16:42
KirishRo'yxatdan o'tish
​Ronaldu o'z mushugini shaxsiy samolyotda Ispaniyaga yubordi
  23 Fevral, 23:25  16

.

"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduning "Pepe" laqabli mushugi jarohat oldi.

"Daily Star" tarqatgan xabarga ko'ra, hodisa o'tgan yilning so'ngida yuz bergan. Pepe futbolchining Turindagi uyidan tashqari yugurib chiqqan paytda avtomobil uni urib yuborgan. Mushuk bir yarim oy davomida maxsus veterinar klinikada davolanish kursini o'tadi.

Shundan so'ng Ronaldu uni shaxsiy samolyoti orqali Ispaniyaga yubordi. Pepe u erda qo'shimcha davo choralarini oladi.

Eslatib o'tamiz, Krishtianu bir necha yil avval Pepeni 3 ming evroga xarid qilgan edi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»