Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 16:40
KirishRo'yxatdan o'tish
«Ronaldu havo kuchlari»ning siri nimada? «Flyaldo» amalga oshirgan shedevrlar
  24 Fevral, 00:25  28

.

Krishtianu Ronaldu hozirgi zamonaviy futbolning tirik afsonalaridan biriga aylanib ulgurgan. U ushbu sport turida nimaiki qilinishi kerak bo'lsa deyarli barcha bosqichlarni bosib o'tdi. 35 yillik dovonni bosib o'tgan Krishni bemalol hozirgi futbolning yaqqol standart hujumchisi sifatida tilga olish mumkin.

Ayniqsa, uning eng ustun va juda ko'p tilga olinadigan xususiyatlaridan biri - bu futbolchining havodagi qoyilmaqom harakatlari. Tan olish kerak, Ronaldu bosh bilan ajoyib suratda o'ynay oladi, faoliyatidagi eng chiroyli gollaridan aksariyatini ham Krish aynan ikkinchi qavatda kiritgan. Ammo, ko'pchilik o'ylaganidek, bu kabi holatlar hech qachon o'z o'zidan kelib qolmagan. Ya'ni qahramonimiz havodagi «superqahramonlik-missiyalari» deyarli noldan boshlab shakllantirgan desak yangilishmaymiz.

Bu haqda uning sobiq jamoadoshi Joze Fonte bir intervyusida quyidagilarni ta'kidlab o'tgan: «Ronaldu "MYu"ga kelmasidan oldin va bu erdagi dastlabki yillardagi faoliyatida ham bosh bilan aytarli yaxshi natijalar qayd eta olmagan. Ketma-ket yo'l qo'yilgan xatolar Krishni muxlislari oldida noqulay vaziyatga solib qo'yardi. U Aleks Fergyusonning muttasil tanqidlaridan so'ng bu jihatga jiddiy e'tibor bera boshladi. Ha, u shunday futbolchi edi. Tanqidlarni qabul qilib oldimi, o'sha lahzaning o'zidanoq ishni boshlab yuboradi. Buyog'ini esa o'zingiz ko'rib turibsiz. Quyida biz Ronalduning ikkinchi qavatda ustunlikka erishish texnikasini qisqacha ko'rib o'tamiz.

Sakrash texnikasi

Qahramonimiz ikkinchi qavatga uzatilgan to'plarni qolgan futbolchilarga qaraganda o'zgacha uslubda qabul qilib oladi. Ya'ni u sakrash jarayonida ko'pincha vertikal uslubdan foydalanadi. Bu futbolchiga muvozanatni yaxshiroq his qilib olish va to'pga qulayroq moslashishga yordam beradi. Ushbu jarayonni to'liqroq anglab etish uchun biz "Yuventus"ning "Sampdoriya"ga qarshi bahsini eslab o'tishimizning o'zi kifoya.

O'shanda chap qanotdan uzatib berilgan to'pni qarshi olishga uringan Ronaldu haqiqiy "havo laynerlar"ida vazifaga otlandi. Havoga vertikal yo'nalishda sakragan Krish o'shanda naq 2,56 metr balandlikni zabt etgani tahsinga sazovor. Uchrashuvdan so'ng uning o'zi bilan to'p uchun kurashga kirishgan himoyachi Nikola Murru bilan ishlangan turli memlari OAV ini bir-sira aylanib chiqdi.

Portugakiyalik futbolchi sakrash jarayonida ko'pincha chap oyog'iga tayanib vazifani amalga oshiradi. Zarba berish mobaynida esa juft shaklidagi o'zaro jips oyoqlar unga muvozanatni to'g'ri ushlashga va zarba jarayonidagi katta massani to'p yo'nalishiga yig'ishiga yordam beradi. Bejizga Ronalduning sobiq jamoadoshi Joze Fonte to'pga baland sakraganda uni »katta va og'ir yuk«ka aylanadi deya ta'rif bermagan edi.


To'g'ri joy tanlash

Ushbu xislat bizningcha, ikkinchi qavatda to'pga zarba beradigan futbolchilarning asosiy quroli hisoblanadi. Krishtianuning bu yo'ldagi belgilagan pozitsiyasini yaxshiroq tushunish uchun biz yana bir bor Fontening so'zlaridan iqtibos keltirishda davom etamiz: "Ronaldu bilan birga maydonda harakat qilish nafaqat men uchun, balki butun jamoa uchun ham ulkan ishonch berib turardi.

Ayniqsa o'sha paytlari Fergyuson bizga qanotdan tuziladigan hujumlarni ko'proq tashkil etish kerakligini uqtirardi. Chunki jamoamizda bosh bilan yaxshi o'ynay oladigan Ronaldu bor edi. Men shu paytgacha juda ko'p o'yinchilarni kuzatganman. Ammo Krishdek bo'lish mushkul. Ko'pchilik uning to'pga to'g'ri yo'nalish olishini oddiy omadga yo'yishadi. Aslida esa unday emas. Uning joylashuv nuqtasi to'p uzatilganda turlicha masofada bo'ladi. Ammo, to'p borgan sari jarima maydonchasi ichiga kirgach, uning o'zi Ronalduni topib oladi. Uning aynan o'sha nuqtaga havoda muallaq holatida otilishi manzarani yanada chiroyliroq qilib ko'rsatadi. To'p va golni his qilish qobiliyati shu erda o'z aksini topadi.

Shuningdek men Ronalduda umuman qo'rquvni ko'rmaganman. U jarohat olishi muqarrar bo'lgan holatlarda ham tap tortmay kurashga tik borib qo'shilgan. Krishtianu tavakkal qilishdan sira ham qo'rqmas edi. U doimo professionalikka intilib kelgan. U mashina, u to'xtash nimaligini bilmaydi ", - deydi Fonte.

Ronaldu zabt etgan balandlikning eng yuqori nuqtasi yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek, «Sampdoriya»ga qarshi bahsda qayd etilgan. O'shanda futbolchi 2.56 metrlik balandlikni 71 sm nuqtagacha sakrab zabt etgan. Ushbu nuqta Ronalduni istalgan basketbolchidan yuqori o'ringa qo'yishi mumkin. Basketbolchilar havoga sakrash jarayonida o'rtacha 60-65 sm li balandlikni o'zlariga bo'ysundirishadi. Bu ham Krishning g'ayrioddiy va faqatgina o'ziga xos xususiyatidan biri hisoblanadi.

Biroq shunga qaramay uning rekordini yangilashga ulgurgan futbolchi ham bor. Faqat milliy chempionatining saviyasi jihatidan biz uni ilgari eshitmay qolgan bo'lishimiz mumkin. 27 yanvar kuni Shotlandiya chempionatining navbatdagi turi doirasida «Roz Kounti» «Montxervel» bilan bahs olib boradi. Uchrashuvda mehmonlarning bir goliga Bevis Mugabi mualliflik qilgan edi. O'shanda ugandalik futbolchi jamosining ikkinchi golini urganda erdan 75, umumiy esa 262 sm balandlikni zabt etgan. To'g'ri, ushbu natija tarixda qoladi. Mugabi mana shu natijasi bilan rekord hisobida Krishdan ustun turishi mumkin. Biroq afrikalik yigitchaning nomi har safar eslanganida baribir Ronalduning natijasi yonida qo'shib tilga olinishi odatiy holga aylanadi, usiz buni inkor etib bo'lmaydi.

Buni Bevis quyidagicha ifodalaydi: «Men hech qanaqa ijtimoiy tarmoq kishisi emasman. Ortiqcha gap-so'zni ham yoqtirmayman. Biroq o'sha chorshanbadan beri telefonim jiringlashdan to'xtamaydi. Bu g'alati hodisa albatta. Mening ushbu sakrashimni balki juda ko'pchilik muxlislar ko'rmay qolgandir. Biroq ushbu harakatlarimni endi har bir o'yinda takrorlashga urinib ko'raman. Biroq Ronaldunikiday chiqishiga ishonchim komil emas (kulgi bilan).

Darhaqiqat, ikkinchi qavatda vaziyatlardan unumli foydalanish portugaliyalik futbolchining fishkasi hisoblanadi. Barcha muxlislar uning ushbu sferadan urgan qoyilmaqom gollarini ko'raverib o'rganib qolishgan. Biz quyida "Flyaldo"ning bu turkumdagi shedevr top-10 golini suratlar orqali bo'lishishga qaror qildik.

"Yuventus" - "Roma" (27.09.2020)


 

"Man Yunayted" - "Chelsi" (21.05.2008)


 

"Yuventus" - "Parma" (19.12.2020)


 

"Portugaliya" - "Uels" (08.07.2016)


 

"Real" - "Barselona" 


 

"Real" - "Man Yunayted" (19.02.2013)


 

"Yuventus" - "Sampdoriya" (18.02.2019)


 

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»