Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 15:10
KirishRo'yxatdan o'tish
«Real» himoyachisi: «Doktorlar, oyog'imni kesib tashlash kerakligini aytishgan»
  23 Fevral, 13:15  20

.

«Men "PSJ"ning yoshlar jamoasidetti yil o'tkazdim, ammo keyinchalik akademiyaga kirishimdan oldin jarohat oldim. Men kasalxonada uzoq vaqt davolandim. Ikki-uch oy gipsda yotdim va operatsiyadan keyin shifokor endi men futbol o'ynamasligimni aytdi.

Hatto, oyog'imni kesib tashlashim kerakligini ma'lum qildi. Uzoq vaqt nogironlar aravachasida, keyin esa qo'ltiq tayog'ida yurishni o'rganishim kerak edi. Men darhol yura olaman deb o'ylardim, lekin nogironlar aravachasidan turmoqchi bo'lganimda yiqildim, chunki oyoqlarimda kuch yo'q edi.

Maydonga qaytishimni ko'pchilik imkonsiz deb o'ylardi, lekin men yana yurishni o'rgandim va taxminan bir yarim yil davomida og'riq bilan o'ynadim.

Shundan so'ng, ikki yil ketma-ket eng yaxshi chap qanot himoyachisi deb topildim. Rostini aytganda, men o'z ustimda tinimsiz ishladim. Og'ir paytlarni boshdan kechirdim, ammo muvaffaqiyatga erishdim»,-deydi Mendi.

Eslatib o'tamiz, Mendi "Lion" dan 2019 yilning yozida 48 million evro evaziga "Real"ga ko'chib o'tgan edi.

Qayd etish joiz, ushbu mavsumda Mendi La Liga doirasida 20 o'yin o'tkazib, 1 golga mualliflik qilgan.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»