Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 16:15
KirishRo'yxatdan o'tish
«Liverpul» «Sevilya»ga o'zaro manfaatli kelishuv taklif etmoqchi
  24 Fevral, 05:15  27

.

Mersisayd klubi «Sevilya» futbolchisi Lukas Okamposga qiziqish bildirmoqda. «Qizillar» hujumchini yozgi transfer oynasi vaqtida qo'lga kiritishni o'ylamoqda.

Biroq, «Liverpul» argentinalik uchun belgilangan 60 million evro narx sababli «Sevilya» bilan muzokaralar olib borish yuzasidan bir qarorga kela olmayapti.

Shu tufayli bu transferda mersisaydliklar azosi Takumi Minamino ham ishtirok etishi mumkin. Boisi, yaponiyalik iqtidor egasiga andolusiyaliklarning qiziqishlari doirasida.

«Liverpul» esa bu imkoniyatdan foydalanib qolgan holda, Minaminoni Okamposning narxi pasayishi uchun «Sevilya»ga taklif etmoqchi.

Ma'lumot uchun, 26 yoshli argentinalik Okampos ushbu mavsumda 21 o'yini o'tkazib, to'rtta gol va to'rtta golli pas muallifiga aylangan. Transfer narxi 26 million evroga baholanayotgan Takumi Minamino esa Premer-liganing 2020/2021 yilgi mavsumida 12 o'yin o'tkazib, yu uchta gol urishga muvaffaq bo'lgan.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»