Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 11:44
KirishRo'yxatdan o'tish
«Barsa» kambek amalga oshirib Ispaniya kubogi finaliga yo'l oldi
  4 Mart, 04:00  25

.

«Barselona» hamda «Sevilya» jamoalari o'rtasidagi Ispaniya kubogining yarim final javob uchrashuvi o'z nihoyasiga etdi.

Kataloniyadagi «Kamp Nou» o'yingohida kechgan bahsda maydon egalari yirik 3:0 hisobida zafar quchishdi. Dastlab, birinchi bo'lim boshlarida Dembele o'z goli bilan jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

Ushbu hisob, so'nggi daqiqalarga qadar saqlanib turgan bir paytda, uchrashuvga qo'shib berilgan daqiqalarning so'nggisida Grezmannning uzatmasidan so'ng, Pike raqib darvozasini ishg'ol etdi. Ikki o'yin natijasiga ko'ra, durang qayd etilgandan so'ng, «Barselona» qo'shimcha taymlarda, Breytueytning goli evaziga g'alabani ilib ketdi, 3:0.

Ushbu natijadan so'ng, «Barselona» Ispaniya kubogi finaliga yo'l oldi. Yakunlovchi bosqichda «Barsa»ga, «Levante» va «Atletik Bilbao» jamoalari o'rtasida, 5 mart sanasida bo'lib o'tadigan ikkinchi yarim final o'yini ishtirokchilaridan biri raqib bo'ladi.

"Barselona" – "Sevilya" 3:0 (1:0, 1:0, 1:0) «Kamp Nou»

Gollar: 1:0 – 12 Dembele, 2:0 – 90 Pike, 3:0 – 95 Breytueyt.

"Barselona" – ter Stegen, Alba, Mingesa (Firpo, 78), Langle, Dest (Grizmann, 63), Pedri (Breytueyt, 89), de Yong, Dembele (Trinkau, 89), Buskets (Moriba, 78), Pike, Messi.

"Sevilya" – Vatslik, Akunya (Rekik, 54), Kunde, Diego Karlos, Oliver Torres (Okampos, 62), Aleish Vidal (Navas, 54), Fernando, Jordan (Munir, 105), Suso (Gomes, 79), de Yong (Rakitich, 54), En-Nesiri.

Ogohlantirishlar:
Fernando (37), Mingesa (67), Messi (73), Jordan (100), Kunde (101), En-Nesiri (103), Trinkau (119).

Chetlatish:
Fernando (90), de Yong (103).

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»